“Rangsiz tushlar” filmi “Kinoshok” festivalida ishtirok etadi

17:49 12 Oktyabr 2020 Madaniyat
133 0

Joriy yilning 17-23-oktyabr kunlari Anapa shahrida “Kinoshok” XXIX xalqaro kinofestivali boʻlib oʻtadi. Kinoijodkorlarni birlashtirish hamda madaniy aloqalarni yana-da mustahkamlash maqsadida 1992-yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan “Kinoshok” festivali kinoixlosmandlarini Litva, Latviya, Estoniya va MDH mamlakatlarining taniqli filmlari bilan tanishtirib kelmoqda. Ushbu festivalda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan “Rangsiz tushlar” badiiy filmi ham ishtirok etadi. Bu haqda Agentlik axborot xizmati xabar berdi.

Filmda 17 yillik jazo muddatini oʻtab kelgan ayolning jamiyat tomonidan qabul qilinishidagi ijtimoiy muammolar koʻtarilgan.

Filmda rollarni Feruza Saidova, Karim Mirxodiyev, Shohida Ismoilova, Bekzod Abdumuxitov va Asal Abdullayevalar ijro qilishgan. Film ssenariy muallifi Umid Hamdamov, operator Azizbek Arziqulov, rassom Shamshod Ibrohimov, kompozitor Ubaydullo Karimov.

Festivalda “Rangsiz tushlar” filmining bosh qahramoni Feruza Saidova qatnashishi rejalashtirilgan.

Rejissyor Ayub Shaxobiddinovning “Oʻtov” filmi 2007-yil ushbu kinofestivalda qatnashib, “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasi boʻyicha gʻolib deb topilgan. 2012-yil esa shu festivalda uning “Parizod” filmi ham ishtirok etib, Gran Pri sovriniga munosib koʻrilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?