Ramazondan soʻng. Bozorlarda narx-navo qanday oʻzgardi?

17:37 10 Iyun 2019 Jamiyat
363 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni oʻrganishni davom ettiradi.

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq

Xoʻjaligi mahsulotlarining 2019-yil 9-iyun holatidagi narxlari

Mol goʻshti

28 000 soʻmdan– 42 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda 1 kg. mol goʻshtining narxi 28 000 soʻmdan - 40 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol goʻshti uchun eng qimmat narx Jizzax shaxri Markaziy dehqon bozori hamda dehqon bozorida qayd etilgan – 32 000 – 42 000 soʻm.

Qoʻy goʻshti

32 000 soʻmdan – 45 000 soʻmgacha

Eng arzon narx 1 kg. qoʻy goʻshti uchun poytaxtimizdagi “Farhod”, “Mirobod”, “Chorsu” bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qoʻy goʻshtini 32 000 dan 42 000 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx bu haftada ham Surxondaryo viloyati Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qoʻy goʻshti - 42 000 dan 45 000 soʻmgacha.

Tovuq goʻshti

12 000 soʻmdan – 20 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Xorazmda Urganch shahar markaziy dehqon bozorida hamda Buxoro shahar markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 12 000 soʻmdan – 14 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq goʻshti esa Qoraqalpogʻistondagi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida va Toshkentdagi Mirobod dehqon bozorida kuzatildi – 14 000 – 20 000 soʻm.

Guruch

4 000 soʻmdan – 14 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida va Samarqand shahar “Siyob” dehqon bozorida qayd etilgan – 4 000 – 14 000 soʻm.

Eng qimmat narx esa Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozori, Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozori, Namangandagi “Sardoba” va Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 4 000 – 14 000 soʻm.

Oʻsimlik yogʻi

8 000 soʻmdan – 12 500 soʻmgacha

Eng arzon oʻsimlik yogʻi poytaxtimizdagi Farhod dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz oʻsimlik yogʻini 7 200 soʻmdan – 11 500 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx ham poytaxtda “Mirobod” dehqon bozorida qayd etilgan – 10 000 dan 12500 soʻmgacha.

Un

1 750 soʻmdan – 4 900 soʻmgacha

Eng arzon narxdagi un Toshkentdagi “Farhod” bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm un uchun 2 200 soʻm toʻlashingiz zarur boʻladi.

1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx poytaxtimizdagi “Mirobod”, “Farhod” va “Qoʻyliq” dehqon bozorlarida qayd etildi 1 750 – 3 350 soʻm.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un Buxoro Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 soʻm. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Xorazmdagi Urganch Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 800 soʻmgacha.

Shakar

4 500 soʻmdan – 6 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Toshkent shahrining “Mirobod” hamda “Qoʻyliq” dehqon bozorida kuzatildi – 4 500 – 5 200 soʻm.

1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 6 000 soʻm.

Tuxum

350 soʻmdan – 700 soʻmgacha

Qiziq tomoni shundaki, bir dona tuxumning eng arzoni ham (350 soʻm) eng qimmati ham Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozorida qayd etilgan.

Kartoshka

1 000 soʻmdan – 3 000 soʻmgacha

Eng arzon narx poytaxtdagi “Chorsu”, Andijon markaziy dehqon bozori va Fargʻona markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 1 000 soʻmdan – 2 500 soʻmgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx poytaxtdagi “Chorsu” dehqon bozorida, Guliston shahri Markaziy dehqon bozori, Buxoro shahri Markaziy dehqon bozori va Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 000 – 3 000 soʻmgacha.

Pomidor

3 000 soʻmdan – 15 000 soʻmgacha

Eng arzon narx poytaxtimizdagi Qoʻyliq dehqon bozorida kuzatildi – 1 500 soʻmdan – 4 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narx ham Toshkentda “Chorsu” va “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 3 000 – 6 000 soʻmgacha.

Xoʻjalik sovuni

800 soʻmdan – 3500 soʻmgacha

Eng arzon narx Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda siz xoʻjalik sovunini 800 soʻmdan (3 500 soʻmgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori, Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozori, Xorazmning Urganch shahar Markaziy dehqon bozori va Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 800 – 3 500 soʻm.Eng qimmat narx Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori, Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozori, Xorazmning Urganch shahar Markaziy dehqon bozori va Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 800 – 3 500 soʻm.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?