Ramazon oyida bozorlarimizdagi narx qanday?

14:27 14 May 2019 Iqtisodiyot
549 0

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni oʻrganishni davom ettiradi.

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 2019 yil 12 may holatidagi narxlari

Mol goʻshti

28 000 soʻmdan – 42 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda 1 kg. mol goʻshtining narxi 28 000 soʻmdan - 38 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol goʻshti uchun eng qimmat narx “Chorsu” dehqon bozorida qayd etilgan – 32 000 – 42 000 soʻm.

Qoʻy goʻshti

28 000 soʻmdan – 45 000 soʻmgacha

Eng arzon narx 1 kg. qoʻy goʻshti uchun Qoraqalpogʻistonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qoʻy goʻshtini 28 000 dan 33 000 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx bu haftada ham Surxondaryo viloyati Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qoʻy goʻshti - 42 000 dan 45 000 soʻmgacha.

Tovuq goʻshti

13 000 soʻmdan – 20 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Xorazmda Urganch shahar markaziy dehqon bozorida, hamda Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida qayd etildi – 13 000 soʻmdan – 15 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq goʻshti esa Toshkentdagi Mirobod dehqon bozori va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 14 000 – 20 000 soʻm.

Guruch

4 000 soʻmdan – 15 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida va Samarqand shahar “Siyob” dehqon bozorida qayd etilgan – 4 000 – 14 000 soʻm.

Eng qimmat narx esa Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozorida kuzatilgan – 5 000 – 15 000 soʻm.

Oʻsimlik yogʻi

7 200 soʻmdan – 12 500 soʻmgacha

Eng arzon oʻsimlik yogʻi poytaxtimizdagi Farhod dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz oʻsimlik yogʻini 7 200 soʻmdan – 11 500 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx ham poytaxtda “Mirobod” dehqon bozorida qayd etilgan – 12 500 soʻmgacha.

Un

1 500 soʻmdan – 4 900 soʻmgacha

Eng arzon narxdagi un Toshkentdagi “Farhod” bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm un uchun 2 200 soʻm toʻlashingiz zarur boʻladi.

1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx poytaxtimizdagi “Mirobod”, “Farhod” va “Qoʻyliq” dehqon bozorlarida qayd etildi 1 750 – 3 000 soʻm.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 soʻm. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Xorazmdagi Urganch Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 soʻmgacha.

Shakar

4 300 soʻmdan – 5 500 soʻmgacha

Eng arzon narx Toshkent shahridagi “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4 300 – 5 200 soʻm.

1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Termiz shahri markaziy dehqon bozorida, Buxoro shahar markaziy dehqon bozori, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorida va Xorazmda Urganch Markaziy dehqon bozorida, hamda Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 – 5 500 soʻm.

Tuxum

350 soʻmdan – 700 soʻmgacha

Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini oʻrtacha 350 - 700 soʻmdan xarid qilishingiz mumkin.

Kartoshka

1 200 soʻmdan – 4 000 soʻmgacha

Eng arzon narx poytaxtdagi “Farhod”, “Yunusobod” va “Qoʻyliq” dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 200 soʻmdan – 2 500 soʻmgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx poytaxtdagi “Chorsu” dehqon bozorida kuzatildi – 2 500 – 4 500 soʻmgacha.

Pomidor

5 000 soʻmdan – 15 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Nukus shahar markaziy dehqon bozori, Toshkentdagi “Mirobod”, “Farhod” va “”Qoʻyliq” dehqon bozorlarida kuzatildi – 5 000 soʻmdan – 11 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narx esa Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozori, Xorazmda Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida, Jizzax shahar Markaziy dehqon bozorida, Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida, Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori va Andijonda Yangi shahar bozorida qayd etildi – 13 000 – 15 000 soʻmgacha.

Xoʻjalik sovuni

8 00 soʻmdan – 3500 soʻmgacha

Eng arzon narx Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda siz xoʻjalik sovunini 800 soʻmdan (3 500 soʻmgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori, Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozori, Xorazmning Urganch shahri va Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 800 – 3 500 soʻm.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?