Ramazon mevasi — xurmo

12:31 27 Aprel 2020 Lifestyle
786 0

Qonda qand miqdorining kamayishi hisobiga ochlik hissi paydo boʻladi, xurmo yegandan soʻng bu his yoʻqoladi. Shuning uchun ham roʻzadorlar xurmoni iftorlikda taomlardan oldin yesa, organizmda ochlik hissi bartaraf etiladi, ishtaha orom oladi va natijada birdan koʻp ovqat yeb qoʻyishning oldi olinadi.

Boshqa mevalardan farqli oʻlaroq, xurmoda 23 xil aminokislota mavjud. Masalan, triptofan aminokislotasi miyaning funksional va ruhiy holatini meʼyorda ushlab turadi. Tinchlantiruvchi va biroz uyqu chaqiruvchi xususiyatga ega. Natijada miya hujayralari faoliyati tezlashadi, parishonxotirlikning oldi olinadi. Glyutamin aminokislotasi oshqozon kislotasini (shirasini) kamaytiradi.

Xurmo tarkibidagi glyukoza va fruktoza (26-55%) vitamin V5 bilan organizmda faol soʻrilib, ochlik hissini yoʻqotadi, jismoniy quvvatni oshiradi. Miya va asab tizimi faoliyatini toʻliq tiklaydi.

Xurmo tarkibida xolesterin saqlanmaydi.Energetik quvvati yangi pishgan mevada 142-274 kaloriyaga teng. Shuning uchun ham uni boshqa shirinliklar oʻrniga qoʻrqmay isteʼmol qilish mumkin, semizlikka olib kelmaydi.

Olimlarning fikricha, inson bir kunda 10 dona xurmo tanovvul qilsa, magniy, mis, oltingugurt, temir, kalsiy kabi moddalarning sutkalik oʻrni qoplanadi. Eʼtibor bering, faqat xurmo va suv bilan inson bemalol bir necha yil yashashi mumkin.

Xurmoning organizmga taʼsirini oʻrganilganda uning quyidagi foydali xususiyatlari aniqlangan:

Xurmoda xavfli parazitlar, bakteriyalar, mikroblar saqlanmaydi. Uning tarkibidagi moddalar odam organizmidagi kasallik chaqiruvchi zararli bakteriyalarni oʻldiradi;

Xurmo ayollarda bachadon qisqarishini yaxshilaydi va shu tufayli tugʻruqlar yengil kechadi;

Ishtahani meʼyoriga keltiradi;

Mushaklar funksiyasini yaxshilaydi va tiklaydi;

Och qoringa isteʼmol qilinsa, organizmdagi parazitlar oʻladi;

Alloh taolo biz uchun inʼom qilib bergan ana shunday neʼmatlardan oʻz oʻrnida foydalanishni unutmaylik!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?