Ramazon Hayiti O‘zbekistonda qachon nishonlanishi aniq bo‘ldi

11:44 11 Iyun 2018 Jamiyat
37240 0

“Xalq so‘zi”ga O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ma’lum qilinishicha, mamlakatimizda Ramazon Hayiti 15 iyun kuni nishonlanadigan bo‘ldi.

Bu qaror Toshkentda tashkil etilgan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan diniy idoralari vakillari uchrashuvida qabul qilingan.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi tegishli farmoniga muvofiq diniy bayramlar kuni uch kunlik dam olish kuni belgilangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?