Ramazon hayiti namozini uyda oʻqishga ruxsat berilgani haqida xabar mutlaqo assosiz va diniy taʼlimotga toʻgʻri kelmaydi

14:46 23 May 2020 Jamiyat
282 0

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Homidjon Ishmatbekov ishtirokida brifing oʻtkazildi. 
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Homidjon Ishmatbekovning taʼkidlashicha, Ramazon hayiti kunlari ham epidemik holat mavjudligi va odamlarning hayotiga xavf saqlanib qolishi sababli juma va boshqa namozlar kabi Iyd namozini ham jamoat boʻlib oʻqishning iloji boʻlmaydi.

“Shu sababli 2020-yilgi Ramazon hayiti (Iydul fitr) namozini pandemiya davrida jamoat boʻlib oʻqish imkoniyati mavjud emasligi nuqtayi nazaridan moʻmin-musulmonlarning zimmasidan ushbu ibodatni ado etish soqit boʻladi, — dedi u. — Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan yurtdoshlarimizga hayit kuni quyosh terak boʻyi koʻtarilgandan keyin oʻz xonadonlarida toʻrt rakatli nafl namozi oʻqishlari tavsiya etiladi”.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda bu yilgi Ramazon hayiti namozini uyda oʻqishga ruxsat berilgani haqida xabar mutlaqo assosiz va diniy taʼlimotga toʻgʻri kelmaydi.

Maʼlum qilinishicha, Zuho namozi 24-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 5:20 da, qolgan joylarda namoz vaqtlaridagi tafovut bilan oʻqiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?