Ramazon hayiti arafasida bozorlarimizda narx-navo oshdimi?

14:09 03 Iyun 2019 Jamiyat
518 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni oʻrganishni davom ettiradi.

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 2019-yil 2-iyun holatidagi narxlari

Mol goʻshti

28 000 soʻmdan– 42 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda 1 kg. mol goʻshtining narxi 28 000 soʻmdan - 40 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol goʻshti uchun eng qimmat narx Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori hamda Samarqand shahri “Siyob” dehqon bozorida qayd etilgan – 38 000 – 42 000 soʻm.

Qoʻy goʻshti

28 000 soʻmdan – 45 000 soʻmgacha

Eng arzon narx 1 kg. qoʻy goʻshti uchun poytaxtimizdagi “Mirobod”, “Farhod”, “Chorsu” bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qoʻy goʻshtini 32 000 dan 42 000 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx bu haftada ham Surxondaryo viloyati Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qoʻy goʻshti - 42 000 dan 45 000 soʻmgacha.

Tovuq goʻshti

12 000 soʻmdan – 20 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Xorazmda Urganch shahar markaziy dehqon bozorida hamda Xorazmdagi Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 12 000 soʻmdan – 14 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq goʻshti esa Toshkentdagi Mirobod dehqon bozorida kuzatildi – 18 000 – 20 000 soʻm.

Guruch

4 000 soʻmdan – 15 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Toshkentda Farhod dehqon bozorida qayd etilgan – 3 500 – 12 000 soʻm.

Eng qimmat narx esa Qarshi shahri “Yerqurgʻon” hamda Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozorida kuzatilgan – 5 300 – 15 000 soʻm.

Oʻsimlik yogʻi

8 000 soʻmdan – 14 000 soʻmgacha

Eng arzon oʻsimlik yogʻi poytaxtimizdagi Farhod dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz oʻsimlik yogʻini 8 000 soʻmdan – 11 500 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etilgan – 9 000 dan 14 000 soʻmgacha.

Un

1 750 soʻmdan – 4 900 soʻmgacha

Eng arzon narxdagi un Toshkentdagi “Farhod” bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm un uchun 2 200 soʻm toʻlashingiz zarur boʻladi.

1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx poytaxtimizdagi “Mirobod”, “Farhod”, “Chorsu” va “Qoʻyliq” dehqon bozorlarida qayd etildi 1 750 – 3 350 soʻm.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 soʻm. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Sirdaryodagi Guliston Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 800 soʻmgacha.

Shakar

4 500 soʻmdan – 6 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Toshkent shahrining “Mirobod”, “Farhod” hamda “Qoʻyliq” dehqon bozorida kuzatildi – 4 500 – 5 200 soʻm.

1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Qoraqalpogʻiston Respublikasida Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 6 000soʻm.

Tuxum

300 soʻmdan – 700 soʻmgacha

Eng arzon narx poytaxtimizdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi 300 soʻmdan 600 soʻmgacha.

1 dona tovuq tuxumi uchun eng qimmat narx poytaxtimizdagi Chorsu dehqon bozorida kuzatildi — 350 – 700 soʻmgacha.

Kartoshka

1 000 soʻmdan – 3 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Fargʻona hamda Fargʻona markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 1 000 soʻmdan – 2 200 soʻmgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx poytaxtdagi “Chorsu”, Urganch shahri, Guliston shahri, Navoiy shahridagi “Saxovat” MCHJga qarashli, Jizzax shahri hamda Nukus shahri markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 200 – 3 000 soʻmgacha.

Pomidor

2 000 soʻmdan – 6 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Buxoro shahridagi Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 2 000 soʻmdan – 6 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narx esa Toshkentda “Yunusobod” va “Chorsu” dehqon bozorlarida, hamda Jizza shahri, Buxoro shahridagi markaziy dehqon bozorlarda qayd etildi – 2 000 – 6 000 soʻmgacha.

Xoʻjalik sovuni

800 soʻmdan – 3500 soʻmgacha

Eng arzon narx Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda siz xoʻjalik sovunini 800 soʻmdan (3 500 soʻmgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozori va Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 800 – 3 500 soʻm.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?