Raketa tashuvchi ishlab chiqariladigan ilk xususiy baza qayerda ochildi?

17:18 26 Dekabr 2018 Dunyo
383 0

Xitoyning Chjeszyan provinsiyasi Xuchjou shahrida raketa tashuvchi mexanizmlar ishlab chiqarish boʻyicha birinchi xususiy baza ishga tushirildi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi xabar bermoqda.

Bu yerda raketalar va ularning ehtiyot qismlari ishlab chiqariladi, tadqiqotlar oʻtkaziladi. Bazada TQ-12 rusumli raketa dvigateli va ZQ-2 suyuq yoqilgʻili raketa tashuvchi 2019 yildan boshlab tayyorlanadi. 2022 yildan 15 ta ZQ-2va 200 taTQ-12 yetkazib beriladi.

Amerika sunʼiy yoʻldosh industriyasi uyushmasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yilda XXRdagi xususiy raketasozlik sektori qurilish, havoga uchirish va sunʼiy yoʻldoshlarni boshqarish hisobiga 348 mlrd. AQSH dollari miqdorida daromad olgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?