Imomali Rahmon Toshkentga yetib keldi

09:29 17 Avgust 2018 Siyosat
401 0

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Toshkentga yetib keldi. Bu haqda O‘zbekiston 24 telekanali xabar bermoqda.

Martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Shundan so‘ng Mustaqillik monumentiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tashrif dasturiga binoan mazkur tadbirdan so‘ng Ko‘ksaroyda davlat rahbarlarining muzokaralari boshlanadi. Muzokaralar avval tor, so‘ng keng doirada o‘tkaziladi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?