Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayevning litsenziyasi tugatildi

12:27 27 Iyun 2018 Madaniyat
1481 0
Fotо: PopCorn

Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayevning litsenziyasi tugatildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarda qayd qilinishicha, Ulug‘bek Rahmatullayev bilan tuzilgan litsenziya bitimi talab va shartlari buzilgan.

Shu sababli ushbu xonanda nomiga berilgan litsenziyaning amal qilishi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asosan 2018 yil 27 iyundan tugatilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?