Rahmat Mamatov —Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri boʻldi

15:54 18 Fevral 2020 Siyosat
1911 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida tarkib topgan yangi amaliyotga muvofiq, deputatlar ushbu yangi vazirlik rahbari — Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri — Hukumat aʼzoligiga tayinlanayotgan nomzodni koʻrib chiqishgani haqida xabar bergan edik.

Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri lavozimiga ayni paytda Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi raisining birinchi oʻrinbosari — “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Rahmat Mamatovning nomzodi koʻrsatilgandi.

Savol-javob, muhokamalar yakunida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Rahmat Mamatovni Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri lavozimiga maʼqullash haqidagi qarori qabul qilindi.

Dinara Chirkova("Xalq so'zi") olgan suratlar


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?