Ragʻbat masʼuliyatga undaydi

18:10 10 May 2019 Jamiyat
309 0

Nukus shahridagi “Nur” mahalla fuqarolar yigʻinida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari uchun bunyod etilgan 90 xonadondan iborat 3 ta uy kalitlari oʻz egalariga topshirildi.

— Zamonaviy uyimiz barcha sharoitlarga ega, — deydi kapitan Babil Bayjanov. — Shu paytga qadar ijarada yashab keldik. Rosti, bugun biz uchun katta bayram. Davlatimizning bu gʻamxoʻrligiga javoban yanada chuqur masʼuliyat bilan xizmat qilishga shaylik.

Shuningdek, tadbir doirasida Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasiga 7 dona “Nexia-3” xizmat avtomashinasi hamda profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilariga xizmat guvohnomalari topshirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?