Toshkentda birgina radar 3,5 soat ichida tezlikni oshirgan 112ta transport vositasini aniqladi. Boshqa bir radar — 6 soatda 134ta

09:39 09 Avgust 2018 Jamiyat
408 0
Fotо: IIBB

Kecha Yunusobod tumanidagi Toshkent avtomobil halqa yo‘lida o‘rnatilgan radar qurilmasi juda ko‘plab qoidabuzarliklarni ro‘yxatga oldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mazkur yo‘lda ruxsat etilgan tezlik soatiga 70 km.ni tashkil etgan.

IIBB tomonidan tezlikni belgilangan me’yordan oshirish qonunan taqiqlanishi haqidagi ogohlantirishlarga qaramay, ko‘pchilik haydovchilar hamon yo‘llarda o‘zboshimchalik bilan tezlikni oshirib, harakat xavfsizligi qoidalarini buzib kelishmoqda, deyiladi xabarda.

Shuningdek, ruxsat yetilgan tezlik soatiga 50 km.ni tashkil etuvchi belgi o‘rnatilgan Bog‘ishamol ko‘chasida 6 soat ichida 134ta transport vositasi tezlikni me’yordan oshirib harakatlangan. Aniqlangan barcha qoidabuzarliklar haqidagi ma’lumotlar o‘rnatilgan tartibga binoan haydovchilarga pochta orqali yuboriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?