Quyosh suvisitkich kollektori

10:15 25 May 2018 Iqtisodiyot
1044 0
Foto: olx.uz

Xalqaro quyosh energiyasi instituti, fizika-texnika instituti va Guliston davlat universiteti olimlari tomonidan yaratilgan quyosh suvisitkich kollektori elektr energiyasi va gaz ta’minoti yetib bormagan dala sharoitlarida foydalanishga mo‘ljallangan.

— Mazkur kollektor vositasida hech qanday xarajatsiz kuniga 500 litr suvni quyosh nuri ostida 60 darajagacha isitish mumkin, — deydi Guliston davlat universitetining fizika kafedrasi dotsenti Shavqi Niyozov. — Uni barpo etish uchun sement, ruberoid, qora bitum, plyonka, yog‘och qirindisi va qamish ishlatilib, har bir fermer dala shiyponida o‘z qo‘li bilan qurib olish imkoniga ega bo‘ladi.

Sayxunobod tumani fermer xo‘jaliklarida bu yangilikni qo‘llash bo‘yicha sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

Ahmadali SHERNAZAROV,
«Xalq so‘zi» muxbiri.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?