Quvur portlab ketishi oqibatida qurbon boʻlganlar soni 128 kishiga yetdi

14:18 07 Fevral 2019 Dunyo
534 0

Foto: Reuters

Meksikada benzin quvuri portlashi va yonib ketishi oqibatida qurbon boʻlganlar soni 128 kishiga yetdi, deb xabar berdi Associated Press. Davlat ijtimoiy sugʻurta instituti xabariga koʻra, yana 19 kishi shifoxonada qolyapti.

Eslatib oʻtamiz, ushbu fojia shu yil 18 yanvar kuni mamlakatning Idalgo shtati Tlauelilpan tumanidan oʻtgan quvurni noqonuniy kesish yoʻli bilan yoqilgʻi quyib olishga boʻlgan urinish paytida roʻy bergandi. Oʻshanda quvur yaqiniga qariyb 350 kishi kanistrlar bilan yigʻilgan edi.Yongʻin natijasida koʻplab odamlar kuchli kuyish jarohatini olgan.

2018 yilda Meksikada Pemex davlat neft-gaz kompaniyasiga tegishli quvurlarni noqonuniy teshish bilan bogʻliq holatlar 12,5 mingtadan oshib ketgan. Bu 2017 yilga nisbatan 45 foiz koʻpdir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?