Qurʼoni Karimni oʻzbekistonlik xattot ilk bor Samarqand qogʻozida yozmoqda

11:59 22 Fevral 2019 Jamiyat
866 0

Foto: Askar Yakubov

Samarqandlik tajribali xattot Jamil Ergashev bundan uch yil oldin “Sadqai joriya”ga qoʻl urgan edi. Yaʼni Qurʼoni Karimni Samarqand qogʻoziga yozishga kirishgan edi. Bugungi kunda qadar ushbu muqaddas kitobning 25 besh porasi bitib boʻlindi. Hunarmand qolgan 5 porasini Mustaqillik bayramigacha yozib tugatishni niyat qilgan.

— Bugungi kunda butun dunyoda Qurʼoni Karim nasʼh xatida yoziladi, —deydi xattot. — Biz hajman nisbatan katta va murakkab boʻlgan suls xatida yozyapmiz. Sababi, Qurʼoni Karim nusxasining kattaligi yurtimizda saqlanayotgan Usmon Musʼhafi bilan bir xil boʻladi. Uning bir sahifasini yozishga oʻrtacha 3-4 kun vaqt kerak boʻlyapti.

Ushbu Qurʼoni Karimning yozib boʻlingan qismi Buxoroda boʻlib oʻtayotgan I Xalqaro ziyorat turizmi forumida nufuzli tadbir ishtirokchilari eʼtiboriga havola etildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?