“Qurolni qoʻlimga olganimda...”

14:26 01 May 2019 Jamiyat
231 0

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan yosh askarlar dastlabki oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.

Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati maʼlum qildi.

Dala oʻquv maydonida oʻtkazilgan oʻquv taktik mashgʻulotlarida 12 ta oʻquv nuqtasi tayyorlanib, ularda qurolni toʻgʻri otish holatiga keltirish, qurolni qismlarga ajratish va qayta yigʻish, granata uloqtirish, tungi optik moslamalarni ishga tayyorlash kabi mashqlar amalga oshirildi.

Muddatli harbiy xizmatchilar oʻq otish mashqlarini ham aʼlo darajada bajardilar.

— Qurolni qoʻlimga olganimda, zimmamga ona-Vatanim, xalqim va uning or-nomusini himoya qilishdek katta masʼuliyat yuklatilganini dildan his qildim, — deydi oddiy askar Murodjon Jumanov. — Mashgʻulotlar biz, askarlarni jismonan chiniqishimizga imkon beradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?