Qurilish ishlarini vaxta usulida amalga oshirish tartibi belgilandi

12:12 10 Oktyabr 2020 Hujjatlar
209 0

Hukumat qarori bilan Uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning vaxta usuli toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Vaxta usuli qurilayotgan obyektlar korxonadan uzoq masofada joylashgan sharoitda ishlarni mehnat resurslaridan foydalanish asosida tashkil qilish shakli hisoblanadi.

Tashkilot joylashgan joydan ish joyigacha yetib olish va u yerdan qaytish uchun xodimlar 3 soatdan koʻproq vaqt sarflaydigan boʻlsa yoki favqulodda vaziyatlarda, tashkilotlarning rahbarlari ishlar vaxta usulida bajarilishini tashkil etishga haqli.

Ishlarni vaxta usulida tashkil etish haqidagi qaror kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tashkilot rahbari tomonidan qabul qilinadi.

Xodimning vaxtaga joʻnatilishi xizmat safari hisoblanmaydi.

Vaxtaning davomiyligi bir oydan oshmasligi lozim.

Vaxta xodimlari obyektda boʻlgan davrda maxsus tashkil qilinadigan vaxta shaharchalarida istiqomat qiladi.

Vaxta usulida bajarish uchun moʻljallangan ishlarning aniq hajmlari va turlari pudratchi hamda buyurtmachi tomonidan qurilishni bajarish uchun pudrat shartnomasi tuzilayotganda, subpudratchi tashkilotlari uchun esa subpudratchi shartnomasi tuzilayotganda belgilanadi.

Vaxta usulida bajariladigan ishlarga 18 yoshga toʻlmagan ishchi va xizmatchilar, homilador ayollar va 3 yoshga toʻlmagan farzandlari boʻlgan ayollar jalb qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?