Qurbon hayiti munosabati bilan qutlovlar kelishda davom etmoqda 

09:15 31 Iyul 2020 Siyosat
152 0

Qurbon hayiti munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosiy, jamoat va din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

Ularda davlatimiz rahbari va Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq, umumiy global xatarlarni tez fursatda yengib oʻtish tilaklari izhor etilgan.

Quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:

Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev;

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;

Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov;

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;

Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gʻani;

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan;

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon;

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;

Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Bosh qoʻmondoni oʻrinbosari shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy;

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;

Yaman Respublikasi Prezidenti Abdurabbu Mansur Hodiy;

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos;

Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said;

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Ollohshukur Poshshozoda;

Islom hamkorligi tashkiloti bosh kotibi Yusuf al Usaymin;

Islom taraqqiyot banki guruhi prezidenti Bandar Hajar;

Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti bosh direktori Salim al Malik.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?