Qozoq musiqali drama teatri Toshkentda

11:57 19 Avgust 2019 Jamiyat
86 0

Oʻzbekiston Milliy akademik drama teatrida Qozogʻiston Respublikasi Qiziloʻrda viloyati, Nartay Bekajanov nomidagi Qiziloʻrda viloyati qozoq musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan “Narkom Jergenov” nomli tarixiy drama namoyish etildi. Spektakl taniqli davlat va jamoat arbobi Temurbek Jergenovning hayoti va ijodi haqida hikoya qildi.

Spektaklda taniqli qozoq xonandalari, raqqosalar va mamlakatimiz tarixida yorqin iz qoldirgan oʻsha davrning anʼanaviy ijroilarining obrazi namoyish etildi. Shu bilan birga, teatrda Qozogʻistonning milliy qadriyatlari, tabiati, oʻziga xos jihatlari aks etgan suratlar koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.

Namoyish soʻnggida Qozoq musiqali drama teatri aktyorlariga tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?