Qozon musulmonlar xalqaro XV kinofestivali “Imom Abu Iso Muhammad Termiziy” nomli badiiy filmi bilan ochiladigan boʻldi

03:38 06 Aprel 2019 Madaniyat
241 0

Illyustrativ foto

Joriy yilning 21 — 25 aprel kunlari Tatariston Respublikasida Qozon musulmonlar xalqaro XV kinofestivali boʻlib oʻtadi. “Imom Abu Iso Muhammad Termiziy” nomli badiiy film rejissyori Abduxalil Mignarov boshchiligidagi ijodiy guruhni festivalning ijrochi direktori Milyausha Aytuganova kinofestivalga taklif etdi va safar xarajatlari mazkur kinofestival tomonidan qoplanishini maʼlum qildi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu kinofestival 2005 yildan buyon “Madaniyat muloqotidan — muloqot madaniyati sari” shiori ostida oʻtkazilib kelinadi. Festival bagʻrikenglik, tinchliksevarlik, matonat hamda insonparvarlik gʻoyalarini filmlarda tarannum etishi bilan musulmon olamidagi kinoijodkorlar oʻrtasida mashhurdir.

Mazkur filmning Toshkentdagi premyerasi 20 aprelga moʻljallangan. Film ijodkorlari oʻz ijod mahsullarini oʻzbek kinomuxlislariga Ramazon tuhfasi sifatida taqdim etishni maqsad qilishgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?