Qozogʻistonga Oʻzbekistondan keltirilgan 2,5 tonna xurmo kiritilmadi

15:02 16 Oktyabr 2018 Jamiyat
1078 0
Illyustrativ foto

Qozogʻiston oʻz hududiga qator respublikalardan keltirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini kiritmadi.

Bu haqda mazkur mamlakat qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati maʼlumotiga Sputnik axborot agentligi xabar bermoqda.

“2018 yil 10-12 oktyabr kunlari davomida qishloq xoʻjaligi vazirligining oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari davlat inspektorlari tomonidan Qozogʻiston hududiga Rossiya, Qirgʻiziston va Oʻzbekistondan keltirilgan jami 165,5 tonna karantin ostida tushgan mahsulotlarni olib kirishga boʻlgan 29 ta urinish toʻxtatib qolindi”, - deyiladi xabarda.

Xususan, Oʻzbekistondan keltirilgan 2,5 tonna xurmoda karantin obyekti borligi aniqlangan. Ushbu holatlar yuzasidan qoidabuzarlar maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Karantin ostiga tushgan mevalar eksportchi mamlakatlar hududiga qaytarib yuborilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?