Qozogʻistondan Oʻzbekistonga 20 ming tonna makulatura olib kirishga uringan shaxs ushlandi

17:41 12 Aprel 2019 Jamiyat
352 0

Illyustrativ foto

Qozogʻistonlik chegarachilar bojxona xizmati bilan hamkorlikda Sariogʻoch chegara otryadi uchastkasidagi “Qoplonbek” oʻtkazish punktida 1983 yilda tugʻilgan Qozogʻiston fuqarosini qoʻlga oldilar. U Volvo rusumidagi yuk avtomashinasida Oʻzbekiston chegarasi tomon ketayotgan edi.

Avtomashina koʻzdan kechirilganda, undan 19,9 ming kilogramm makulatura topilgan. Haydovchi bularni chegaradan bojxona qonunchiligini buzgan holda olib oʻtmoqchi boʻlgan. Ayni paytda qogʻozlarning mazmuni oʻrganilyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?