Qozog‘iston kuzdan boshlab O‘zbekistonga benzin eksport qilishni rejalashtirayapti

16:37 27 Iyun 2018 Iqtisodiyot
387 0
Foto: KZT

Qozog‘istondan kuzdan boshlab O‘zbekistonga benzin eksport qilishni rejalashtiryapti. Qolaversa, Tojikiston va Qirg‘izistonga shu muddatdan boshlab yoqilg‘i sotiladi.

Bu haqida “Vlast” manbasi “KazMunayGaz” milliy kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Daniyar Tiyesov ma’lumotiga asoslanib xabar berdi. Uning aytishicha, ayni paytda Qozog‘istonda ma’lum miqdorda benzin profitsiti paydo bo‘lgan. Lekin qo‘shnilarga yetkazib berish hukumatlararo bitimdan so‘ng boshlanadi. Bunga esa ma’lum vaqt ketadi. Yil oxirigicha Qozog‘iston 300-400 ming tonna benzin eksport qilishi mumkin.

“Bugungi kunda, agar zavodlarning ishlab chiqarish hajmlari belgilangan rejalarga to‘g‘ri kelsa, biz 1-1,2 million tonna benzin yetkazib bera olamiz”, - deydi Tiyesov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston o‘zining yuqori oktanli benzinga bo‘lgan hozirgi ehtiyojlarini qoplagani holda, bu turdagi yoqilg‘i importchisidan eksportchisiga aylandi.

Tiyesov qozoq benzini Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston bozorida Rossiyadan keltiriladigan muqobiliga raqobatbardosh ekanligini aytgan.

Qozog‘istondagi Pavlodar va Atirau neftni qayta ishlash zavodlari modernizatsiya qilinishi tufayli mamlakatning avtomobil yoqilg‘isi importiga bo‘lgan tashqi bog‘liqligi kamaygan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?