Qozogʻistonda uch nafar oʻzbekistonlik YTH oqibatida hayotdan koʻz yumdi

Illyustrativ foto
Oʻzbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan maʼlumotga koʻra 2019-yil 8-sentabr Qozogʻistonning Turkiston viloyati hududida Chimkent-Samara avtotrassasida yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi. Unda 4 odam jabrlandi. 2 nafar ayol M.U. va M.M. voqea joyida, Z.S. esa kasalxonada vafot etdi. Davlat raqami 40R988QA boʻlgan Nexia avtomashinasi haydovchisi M.U. Oʻrdabasi tumani tez yordam shifoxonasining reanimatsiya boʻlimiga joylashtirilgan.
YTH boʻyicha jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda. Bu haqda TIV xabar berdi.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot muassasa bilan tezkor aloqa oʻrnatgan hamda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish boʻyicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shugʻullanmoqda.
“Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila aʼzolari vayaqinlariga taʼziya bildiradi hamda Qozogʻistonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozogʻiston, Turkiston, Jambil va Qiziloʻrda viloyatlari hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16”, - deyiladi xabarda.
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- 2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: