Qozogʻistonda salonida 26 nafar hamyurtimiz boʻlgan avtobus halokatga uchragani tasdiqlandi

14:18 07 Mart 2020 Jamiyat
111 0

Oʻzbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasi konsullik boʻlimi 2020-yil 6-mart kuni Qozogʻistonning Pavlodar viloyati hududida Novosibirsk-Toshkent yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan avtobus halokatga uchragani toʻgʻrisidagi OAV maʼlumotini tasdiqladi. Tekshiruvlardan soʻng, voqea joyiga kelgan Qozogʻistonning tegishli xizmatlari tomonidan avtobusda boʻlgan 28 kishi, shu jumladan, 26 nafar Oʻzbekiston fuqarolari kasalxonaga yotqizishga muhtoj emasliklari aniqlandi. Avtobus yoʻlovchilari oʻz safarlarini boshqa transport vositasida davom ettirdilar. Bu haqda TIV xabar berdi.

Vaziyat Elchixona Konsullik boʻlimi nazorati ostida.

Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquq departamenti yana bir bor Oʻzbekiston fuqarolarining eʼtiborini sovuq mavsumda avtobus yoki boshqa avtotransport vositalarida Qozogʻiston hududiga kirish yoki undan oʻtishda barcha xatarlarni inobatga olish va tegishli choralarni koʻrish zarurligiga qaratadi.

“Qozogʻistonda boʻlib turgan, shu jumladan tranzit orqali oʻtayotgan Oʻzbekiston fuqarolari zarur hollarda Nur-Sulton shahridagi Oʻzbekiston Echixonasi (Nur-Sulton shahri, Akmola, Shimoliy Qozogʻiston, Pavlodar, Kostanay va Qaragʻanda viloyatlari, tel .: + 7-717-295-45-87, + 7-777-218-20-10 (Telegram, Whatsapp, Imo); Aktau shahridagi Bosh konsulxona (Aqtoʻbe, Atirau, Gʻarbiy Qozogʻiston va Mangistau viloyatlari, tel.: + 7-29-277-71-17, + 7-777-599-00-50, + 7-777-599-00-51); Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota sh., Chimkent sh., Olmaota, Sharqiy Qozogʻiston, Jambil, Qiziloʻrda va Turkiston viloyatlari, tel.: + 7-727-299-20-70, + 7-727-390-26-16) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi” , - deyiladi xabarda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?