Qozogʻistonda koronavirus bilan bogʻliq birinchi oʻlim holati qayd etildi

20:38 26 Mart 2020 Dunyo
244 0

Illyustrativ surat

Qozogʻistonda koronavirus bilan bogʻliq birinchi oʻlim holati qayd etildi. Bu haqda Qozogʻiston Axborot va jamoat taraqqiyoti vaziri Dauren Abayev shu munosabat bilan tashkil etilgan shoshilinch oʻtkazilgan brifingda maʼlum qilgan.

“Hurmatli vatandoshlar, bu shoshilinch brifing. Afsuski, bugun Qozogʻiston fuqarosi koronavirusdan vafot etdi. Biz marhumning qarindoshlari va doʻstlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Bu tuzatib boʻlmaydigan yoʻqotish. Hammamiz chuqur qaygʻudamiz. Ertaga Nur-Sulton sogʻliqni saqlash boshqarmasi uning tibbiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot beradi. Bu voqea bizga yana bir bor koronavirus xavfini eslatadi. Hozir sodir boʻlayotgan barcha narsa barchamiz uchun sinovdir”, degan Dauren Abayev.

Bugunga kelib Qozogʻistonda koronavirus bilan bogʻliq 109 holat qayd etilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?