Qozog‘istonda Xorazmning sayyohlik salohiyati targ‘ib etilmoqda

19:21 23 Iyul 2018 Iqtisodiyot
285 0
Foto: sarbon-tour.com

Turizmni rivojlantirish departamenti Xorazm viloyati bo‘limi vakillari va qator sayyohlik tashkilotlari rahbarlaridan iborat delegatsiya turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda xorijiy sarmoyalarni jalb qilish maqsadida Qozog‘iston Respublikasida safarda bo‘lib turibdi.

Qozog‘istonning Mangistau viloyati hokimiyati va mahalliy sayyohlik kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvda Xorazm viloyatining turistik salohiyati, viloyatning diqqatga sazovor joylari haqidagi qiziqarli ma’lumotlar, rang-barang urf-odat va an’analarimiz aks etgan videoroliklar, sohada yaratilgan soliq imtiyozlari va turistlarga taklif etilayotgan xizmat turlari haqida tayyorlangan taqdimot ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, Qozog‘istonning boshqa viloyatlari bilan ham sayyohlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Odilbek ODAMBOYEV,
“Xalq so‘zi” muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?