Qozogʻistonda harbiy vertolyot halokatga uchradi

09:59 28 Mart 2019 Dunyo
378 0

Kecha Qozogʻistonning Qiziloʻrda viloyatida harbiy vertolyot qulab tushdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi maʼlum qildi.

Oqibatda uning bortidagi 13 kishi halok boʻldi.

Maʼlum qilinishicha, maxsus harbiy boʻlinma vertolyoti tungi vaqtda va murakkab ob-havo sharoitidagi oʻquv mashgʻulotlari doirasida Aktaudan Chimkentga qarab uchib ketayotgan boʻlgan.

Qozogʻistonning vaqtincha prezidenti Qasim-Jomart Toqayev oʻzining Twitterʼdagi sahifasida fojia qurbonlarining oila aʼzolariga hamdardlik bildirib, halokat sabablarini oʻrganish toʻgʻrisida topshiriq bergan. Oʻz navbatida halok boʻlganlar oilalariga moddiy yordam koʻrsatilishini aytib oʻtgan.

Hozirda ushbu hodisa sabablari maxsus komissiya tomonidan oʻrganilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?