Qozog‘istonda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar xotirasiga daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi

14:45 21 May 2018 Jamiyat
355 0
Foto: inform.kz

Oqto‘beda avtobusdagi yong‘inda halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari xotirasiga Ostona shahrida 52 tup daraxt ko‘chati o‘tqazildi. Tadbir O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi va “Oltin O‘rda” biznes klubi vakillari tomonidan tashkil etildi. Bu haqida “Kazinform” axborot agentligi xabar berdi.

Foto: inform.kz

“Fojiaviy hodisa ro‘y bergan kun Qozog‘iston hukumati va butun xalqi yordam berdi. Qozog‘istonning tegishli idoralari zarur choralarni ko‘rdi. Bugungi tadbir ikki davlat o‘rtasidagi olijanob do‘stlik namunasidir. Biz bu haqida vafot etganlarning yaqinlariga aytishga mas’ulmiz”, - dedi mamlakatimizning ushbu qo‘shni davlatdagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev.

“Biz 52 kishi halok bo‘lgan falokatni yoddan chiqarmaymiz va o‘zbek xalqi dardiga sherikmiz”, - dedi “Oltin O‘rda” biznes-klubi raisi Marhabat Balg‘abay o‘z so‘zida.

Foto: inform.kz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?