Qozogʻistonda avtobus halokatga uchrashi natijasida bir necha oʻzbekistonliklar vafot etdi

19:10 20 Aprel 2019 Jamiyat
306 0

Qozogʻistonning Jambul viloyatida, “Olmaota—Toshkent” yoʻlining 181-kilometrida 20 aprel kuni mahalliy vaqt bilan 5:09 da Van Hool avtobusi bilan yuz bergan yoʻl-transport hodisasi oqibatida Oʻzbekistonning uch nafar fuqarosi halok boʻlgan, yana 13 oʻzbekistonlik tan jarohati olgan. Bu haqda Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlum qildi.

Avtobus salonida jami 47 nafar yoʻlovchi boʻlgan. Hodisa oqibatida jami 11 kishi halok boʻlgan, 29 kishi tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligidan qoʻshimcha qilishlaricha, Jambuldagi YTH boʻyicha Oʻzbekiston va Qozogʻiston favqulodda vaziyatlar idoralari hamkorlikda tegishli ishlarni amalga oshirmoqda.

Jambuldagi avtobus avariyasida halok boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari:

  1. Oʻrinboy Mirhamitovich Abduxoliqov, 1993 yilda tugʻilgan;
  2. Alisher Saparboyevich Kalmurotov, 1988 yilda tugʻilgan;
  3. Dilorom Yermekboyeva, 1972 yilda tugʻilgan.

Tan jarohati olganlar roʻyxati:

  1. Abbos Oʻljaboyev, 1994 yilda tugʻilgan;
  2. Oʻmirbek Hayitboyev, 1988 yilda tugʻilgan;
  3. Zavodbek Abdusatirov, 1999 yilda tugʻilgan;
  4. Marhamat Jumaniyozov, 1996 yilda tugʻilgan; (ogʻir ahvolda)
  5. Radmila Ahmetova, 1994 yilda tugʻilgan; (ogʻir ahvolda)
  6. Otabek Abdullevich Matirjonov, 1985 yilda tugʻilgan;
  7. Doʻsjan Dauletovich Seytmurotov, 1987 yilda tugʻilgan;
  8. Sardor Amarbek oʻgʻli Haydarov, 1994 yilda tugʻilgan;
  9. Maris Ilyosov, 1974 yilda tugʻilgan; (ogʻir ahvolda)
  10. Ismiddinov Abduxattar oʻgʻli, 1997 yilda tugʻilgan;
  11. Nasriddin Mambetov, 1971 yilda tugʻilgan;
  12. Shodlik Maxsudovich Japarov, 1984 yilda tugʻilgan;
  13. S.Muqumjonov, 1999 yilda tugʻilgan.

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?