Qozog‘istonda 52 nafar o‘zbekistonlikning o‘limiga oid sud ishi ortga surildi

11:35 09 Avgust 2018 Dunyo
519 0
Arxiv foto

Qozog‘istonning Oqto‘be viloyatidagi trassada avtobusda ro‘y bergan yong‘in oqibatida 52 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan fojia bo‘yicha sud muhokamasi advokatlarning ushbu ishni Oqto‘be shahridagi sudda ko‘rib chiqishga o‘tkazishga yana bir bor urinishlari tufayli ortga surildi.

Aslida Irgiz tuman sudi mazkur ishni ko‘rib chiqishga 7 avgust kuni kirishishi kerak edi.

Kecha advokatlar ularning ishni boshqa sudda ko‘rib chiqishga o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosini qondirmaslik haqida Irgiz tuman sudi 23 iyulda chiqargan ajrim ustidan shikoyat berishgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqida Oqto‘be viloyat sudi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, advokatlar shikoyatini Oqto‘be viloyat sudining jinoiy ishlar bo‘yicha hay’ati ko‘rib chiqadi.

Ma’lumot uchun, mazkur ish yuzasidan besh kishi avtobusning uch nafar haydovchisi, “Aziya tranzit servis” firmasining ta’sischisi va mexanigi sudga tortilgan.

Haydovchilar 26 yanvardan beri Oqto‘be shahar tergov hibsxonasida saqlanmoqda. Shirkatning rahbari va mexanik boshqa joyga ketmaslik haqida tilxat berib, ozodlikda yuribdi. Mazkur avtobusning egasi qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan holda, xalqaro qidiruvga berilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?