Qozogʻistonda 16 nafar oʻzbekistonlik gazdan zaharlandi

18:34 03 Iyun 2019 Jamiyat
246 0

Mamlakatimizning Qozogʻistondagi Elchixonasi bergan maʼlumotga koʻra 2019-yilning 3-iyun kuni soat 00.15da Qaragʻanda shahrida 16 nafar Oʻzbekiston fuqarosi maishiy gazdan zaharlanishi qayd etilgan. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Hamyurtlarimiz joylashtirilgan Qaragʻanda viloyati tibbiyot markazi toksikologiya boʻlimi tomonidan ogʻzaki berilgan maʼlumotga binoan quyidagi Oʻzbekiston fuqarolari zaharlangan:

  • - Xusanov Sardor, 20.07.2001-y.da tugʻilgan;
  • - Djurayev Valentin, 15.04.1998-y.da tugʻilgan;
  • - Xusanov Sharip, 08.02.1973-y.da tugʻilgan;
  • - Tochkanov Alisher, 17.10.1996-y.da tugʻilgan;
  • - Neʼmatov Baxadur, 30.03.1992-y.da tugʻilgan;
  • -Elbayev Odil, 12.04.1986-y.da tugʻilgan;
  • - Yelbayev Farux, 02.02.1992-y.da tugʻilgan;
  • - Tochkanov Shaxzod, 10.03.1999-y.da tugʻilgan;
  • - Tochkanov Dastan, 24.10.1995-y.da tugʻilgan;
  • - Tochkanov Aybek, 15.02.1996-y.da tugʻilgan;
  • - Iskandarov Obid Salloxodinovich, 01.08.1995-y.da tugʻilgan;
  • - Samiyev Azbek, 01.01.1998-y.da tugʻilgan;
  • - Xusanov Egamberdi, 25.01.1976-y.da tugʻilgan;
  • - Maurutov Izzat, 01.01.1991-y.da tugʻilgan;
  • - Xusanov Niyaz, 01.01.1990-y.da tugʻilgan;
  • - Xusanov Kobonuyet, 18.04.1982-y.da tugʻilgan.

Qozogʻiston vakolatli organlarining dastlabki taxminlariga koʻra mazkur hodisa Oʻzbekiston fuqarolari taʼmirlash ishlarini bajargan yangi qurilayotgan uyda benzin agregatidan is gazi chiqishi oqibatida sodir boʻlgan.

Hamyurtlarimiz “maishiy gaz, jumladan is gazidan ingalyatsion zaharlanishning oʻrtacha ogʻirlik darajasi. Toksikogipoksik entsefalopatiya” tashxisi bilan kasalxonaga joylashtirilgan.

Mazkur yurtdoshlarimizdan E.Xusanov, I.Maurutov, N.Xusanov va K.Xusanovga sogʻligʻining baqaror holatda ekanligi munosabati bilan ruxsat berilgan.

Qaragʻanda shahri huquq-tartibot organlari tomonidan mazkur favqulodda holatning sabab va oqibatlarini aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Elchixona tomonidan mazkur masala nazoratga olingan va murojaat uchun maxsus telefon raqami ochilgan: +77772182020.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?