Qozogʻiston senati raisi tantanali marosimlarni oʻtkazishda oʻzbek, turk, turkmanlardan oʻrnak olish kerakligini aytdi

17:52 17 Sentyabr 2018 Dunyo
271 0
Foto: Nur.kz

Qozogʻiston senati spikeri Qasim-Jomart Toqayev qozogʻistonliklarga tantanali marosimlarni oʻtkazishda “oʻzbek, turk, turkmanlardan oʻrnak olish” kerakligi boʻyicha tavsiya berdi. U bu haqda oʻzining Twitter sahifasida eʼlon qildi.

“Qozogʻiston ommaviy axborot vositalarida toʻy va boshqa tantanalarni oʻtkazishda yangicha yondashuv lozimligi haqidagi munozaralarni qoʻllab-quvvatlayman. Noqulayliklarga sabab boʻlayotgan isrofgarchilik, hashamlardan voz kechish maqsadida yangicha yondashuv lozim”, - deya qayd etib oʻtdi spiker.

Uning fikricha, oʻzbek, turk, turkmanlar kabi asosan milliy anʼanalarga tayanish kerak.

Qasim-Jomart Toqayev Twitter tarmogʻidan bayonot berishda muntazam ravishda foydalanib keladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?