Qozogʻiston Rossiyadan kelgan bugʻdoy kepagi, kartoshka va yogʻoch materiallarini oʻtkazmadi

18:46 06 Noyabr 2018 Dunyo
775 0

Bu haqida Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi vazirligi maʼlum qildi. Unga koʻra 27 oktyabrdan 2 noyabrga qadar oʻsimliklar karantini boʻyicha tuman hududiy inspeksiyalari xodimlari tomonidan Aktyubinsk, Sharqiy Qozogʻiston va Pavlodar viloyatlariga Rossiyadan yuqori fitosanitar xavfiga ega boʻlgan mahsulotlarni olib oʻtishga boʻlgan toʻrtta urinish toʻxtatib qolingan.

Xususan, fitosanitar sertifikatlari boʻlmagan 43 tonna bugʻdoy kepagi, 21 tonna kartoshka, 17 kub metr yogʻoch materiallari chegarada toʻxtatilgan.

Barcha yuklar RFdagi egalariga qaytarib yuborilgan. Aybdorlar esa maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

Umuman olganda, oktyabr oyida Qozogʻistonda Rossiyadan fitosanitar sertifikatiga ega boʻlmagan mahsulotlarni noqonuniy olib oʻtishga boʻlgan 35 ta holatning oldi olingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?