Qozog‘iston prezidenti JCH-2018 ochilish marosimiga boradi

11:26 11 Iyun 2018 Sport
449 0

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Xitoyga tashrifi yakunlari bo‘yicha, matbuot vakillari uchun Sindao shahrida o‘tkazilgan brifingda Rossiyada o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionati ochilish marosimiga tashrif buyurishini aytdi. Bu haqda “Kazinform” agentligi xabar bermoqda.

“Men Vladimir Putinni qo‘llab-quvvatlash uchun jahon chempionati ochilish marosimiga boraman. Ba’zi davlatlar boykot qilishyapti, ammo men boraman. Bunday vaziyatda uni qo‘llab-quvvatlash kerak”, - degan Nazarboyev.

Ma’lumot uchun, futbol bo‘yicha jahon chempionati 14 iyundan 15 iyulga qadar Rossiyaning 11ta shahridagi 12ta stadionda bo‘lib o‘tadi. Turnirning ochilish marosimida Rossiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari maydonga tushadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?