Qozogʻiston Markaziy Osiyo mintaqasida beshta sunʼiy yoʻldoshli guruh tuzishni taklif etdi

15:34 18 Mart 2019 Jamiyat
309 0

Illyustrativ foto

Qozogʻiston yerni masofadan turib tekshirish(zondlash) uchun Markaziy Osiyo mintaqasida beshta sunʼiy yoʻldoshdan iborat guruh tuzishni taklif etdi. Bu haqda ushbu davlat bosh vaziri oʻrinbosrai Jenis Kasimbek maʼlum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

“Biz aniq mintaqaviy loyihani, aynan, yerni masofadan turib tekshiruvchi beshta sunʼiy yoʻldoshdan iborat guruh tuzishni taklif etyapmiz. Bunda har bir mamlakatga bittadan sunʼiy yoʻldosh tegishli boʻladi ”, - dedi Kasimbek Toshkentda oʻtkazilgan Markaziy Osiyo iqtisodiy forumida chiqish qilar ekan.

Uning soʻzlariga koʻra, bu Markaziy Osiyodagi besh davlatning har biriga qishloq xoʻjaligi va iqtisodiyotning boshqa sektorlarini rivojlantirish uchun oʻz monitoringiga ega boʻlish imkonini beradi.

“Kelgusida barcha mamlakatlarga takliflardagi maʼlumotlarni tahlil qilish va oʻrganish uchun ishchi guruhlar yuboriladi”, - dedi u.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda Toshkentda Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi boʻlib oʻtdi. Unda mintaqa davlatlaridan hukumat delegatsiyalari ishtirok etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?