Qozogʻiston bugundan boshlab Oʻzbekiston anorlarini olib kirishga qoʻyilgan taqiqni bekor qildi

20:38 14 Mart 2019 Iqtisodiyot
107 0

Illyustrativ foto

Qozogʻiston 14-martdan boshlab Oʻzbekistondan sarxil anor olib kirishga qoʻyilgan cheklovni olib tashladi. Mazkur taqiq 19-fevralda joriy etilgan edi. Bu haqda “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ostona shahrida “Oʻzdavkarantin” rahbari Ibrohim Ergashev va Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Gulmira Isayeva hamda ushbu vazirlik agrosanoat kompleksidagi Davlat inspeksiyasi qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Almabek Mars bilan boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida shu boʻyicha kelishuvga erishilgan.

Uchrashuv davomida ikki davlat karantin xizmatlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash, ikki mamlakatdagi fitosanitar vaziyat, karantinosti mahsulotlar eksporti va importi nazorati masalalari ham muhokama qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?