Qozogʻiston banki Boshqaruvi vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tashrif buyurdi

16:12 23 Avgust 2019 Jamiyat
102 0

Joriy yilning 22-avgust kuni Markaziy bankda “Halyk Bank” AJ Direktorlar kengashi Raisi A.Pavlov va Boshqaruv Raisi U.Shayaxmetovalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda tomonlar Oʻzbekiston Respublikasida banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish sohasidagi oʻzgarishlarni hamda shoʻba bank - “Tenge Bank” ATB faoliyatini kengaytirish istiqbollarini muhokama qilishdi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar berdi.

“Halyk Bank” AJ vakillari oʻz faoliyatini oʻzbek bozorida jadal rivojlantirishga tayorligini va bu borada isteʼmolchilarning keng qatlamini qamrab olishini taʼkidlab oʻtishdi. “Tenge Bank” ATB faoliyatini rivojlantirishda asosiy eʼtibor “onlayn banking” va raqamli bank hizmatlariga qaratiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?