Samarqandda ona ikki farzandini pichoqlab o‘ldirdi

15:32 06 Iyul 2018 Jamiyat
813 0
Illyustrativ foto

5 iyul kuni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida mudhish qotillik sodir etildi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Manbada qayd qilinishicha, tumanning Jag‘alboyli mahallasida ro‘yxatda turuvchi, vaqtincha “Qorovultepa” MFYda yashovchi uy bekasi R.R. ismli ayol uyida birga yashagan qizlari 7 yoshli B.T. va 1 yoshli M.R.ning qorin qismlariga pichoq bilan urib jarohat yetkazib, so‘ng o‘zining ham qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Olgan jarohatlari natijasida B.T. va M.R. voqea joyida vafot etgan.

Ona R.R.ning o‘zi esa kasalxonaga yotqizilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?