Qoʻshrabotga yoʻl yopilmoqda(mi)? (foto)

18:15 26 Aprel 2019 Jamiyat
1792 0

Foto: "Xalq so'zi"

Umid SORIYEV, ”Xalq soʻzi”/Samarqand. Bugun 26 aprel kuni Qoʻshrabotning Shovana qishlogʻidan oʻtaturib, hayratlanarli manzaraga guvoh boʻldim. Xoh ishoning, xoh ishonmang shundoq ham avtoulovlar qatnoviga torlik qiladigan yoʻlning teng yarmi oʻpirilib tushgan. Bu ham yetmagandek, atrofni tahlikaga tushgan odamlar oʻrab olgan. Mashinalar tinmay sirena chaladi...

Xullas, oʻzim ham zoʻrgʻa oʻtib oldim. Suratga olayotganimni koʻrib, mahalliy aholi vakillaridan biri hovliqib oldimga keldida:

- Aka, mana bu oʻpirilib ketayotgan tuproqlarni suratga oling dedi. - Hokimiyat, avtoyoʻl, mutasaddilar koʻrinmaydi, deyman qiziqib.

- He, qayoqda, yoʻl idorasimikan, bilmayman-u lekin ikki fuqaro kiyimidagi odam ikkita yoʻl belgisini qoʻyib ketdi.

- Odatda bunday favqulodda vaziyatlarda, DAN xodimlari kelib oʻtish yoʻlini nazorat qilishlari kerak-ku?

- Aka favqulodda boʻlmagan paytlarda ham bu yoʻllarda DAN xodimlarini umuman koʻrmaymiz! - Belgilangan tezlikka rioya qilmay ”uchirib” haydashadi.

Qancha begunoh odamlar jabr koʻrmadi, deysiz, bu yoʻllarda... Agar besh-olti soat ichida zaruriy choralar koʻrilmasa Qoʻshrabotga yoʻl taqa-taq yopiladi. Ishonavering!..

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?