Qoʻshni davlatlardan oʻqishni koʻchirishning qoʻshimcha tartiblari belgilandi

08:38 05 Mart 2020 Jamiyat
325 0

Foto: www.google.com

Qoʻshni davlat OTMlaridan respublika OTMlariga oʻqishni koʻchirishning qoʻshimcha tartiblari belgilandi.

Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning “Telegram“ kanalida yozishicha, Davlat qabul komissiyasining 2020-yil 28-fevraldagi 13-son bayoniga muvofiq, quyidagilar belgilangan:

qoʻshni davlatlardagi OTMlardan respublika OTMlariga oʻqishi koʻchirilishi ruxsat berilgan talabalar soni taqsimoti OTMlar kesimida tasdiqlandi;

qoʻshni davlatlarning OTMlarida kamida bir semestr mobaynida oʻqishini davom ettirmasdan, boshqa davlatlarning (xususan, Rossiya Federatsiyasi va boshqa davlatlar) OTMlaridan oʻqishini oʻquv yilining yarmida koʻchirib oʻtgan talabalarning oʻqishi koʻchirilmaydi;

Bu nima degani?

Qoʻshni davlatlardan oʻqishni imtihonsiz koʻchirish mumkinligi haqida xabar chiqqach, Rossiya yoki Ukrainada oʻqiyotgan talabalar uddaburonlik bilan oʻz oʻqishini qoʻshni davlatga (asosan Qozogʻiston) koʻchirib oʻtishgan edi. Ammo ular Qozogʻistonda hatto 1 semestr ham oʻqishgani yoʻq. Ana shunday talabalar oʻqishini Oʻzbekistonga koʻchira olishmaydi.

qoʻshni davlatlarning OTMlarida masofaviy taʼlim shakli boʻyicha va onlayn tarzda tahsil olayotgan talabalarning oʻqishini koʻchirishga ruxsat berilmaydi;

qoʻshni davlatlardagi OTMlardan respublika OTMlariga oʻqishini koʻchirish faqatgina joriy yilda Davlat qabul komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi qatʼiyan belgilab qoʻyildi.

Bu nima degani?

Koʻpchilik joriy yildagi kabi oʻziga xos “amnistiya” har yili boʻladi, deb oʻylashmoqda va shu sababli yozda qoʻshni davlatlarga oldingidan 10 barobar koʻp yoshlar oʻqishga ketishni reja qilib turishibdi. U yoqqa imtihonsiz oʻqishga kiramiz, keyin qishda oʻqishini imtihonsiz koʻchiramiz, deb oʻylashayotgandi. Oʻshaning uchun ham qarorda aniq belgilandiki, bunday aksiya faqat joriy yilda boʻladi, keyingi yillarda umumiy tartibda imtihon asosida oʻqishni koʻchirish mumkin boʻladi.

qoʻshni davlatlardagi OTMlardan oʻqishni koʻchirish natijalari uch kun muddatda tegishli OTMlarga yetkaziladi. Olingan maʼlumotlarga koʻra, jami 36 ming 400 nafardan koʻproq talabalarga oʻqishini 80 ta OTMga koʻchirishga ruxsat berildi, deb maʼlum qildi Respublika oliy taʼlim kengashi aʼzosi Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?