Qoʻshinlarning zamonaviy qurol-yarogʻ va texnika bilan taʼminlanishi qanday boʻlmoqda?

17:19 11 Yanvar 2019 Jamiyat
754 0

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, general-mayor Abdusalom Azizovning “Xalq soʻzi-onlayn” nashriga bildirishicha, ortda qolgan 2018 yilda mamlakatimiz mudofaa salohiyatini oshirish, qoʻshinlarning jangovar shayligini yuksaltirish, milliy armiyamizni zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan taʼminlash borasida keng qamrovli ishlar yoʻlga qoʻyildi.

Xususan, 2018 — 2021 yillarda qoʻshinlarni zamonaviy qurol-yarogʻ bilan taʼminlash va harbiy texnikalarni taʼmirlash, modernizatsiya qilish boʻyicha kompleks dastur doirasida oʻtgan yilda bir qator muhim tadbirlar amalga oshirildi.

— Armiyani ilgʻor texnika, qurol-aslaha bilan taʼminlash, mavjud texnikani modernizatsiya qilishda katta qadam tashlandi, — deydi mudofaa vaziri A. Azizov. — Hozirgi zamon harbiy mojarolarining chuqur tahlilidan kelib chiqib, birinchi navbatda, harbiy havo kuchlarini rivojlantirish, havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash, maxsus operatsiyalar kuchlarini eng yangi texnika va aslaha bilan taʼminlash choralari koʻrildi. Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Fransiya va boshqa bir qator davlatlar bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik yuqori darajada yoʻlga qoʻyildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?