Poyezdlarning chiptalariga chegirmalar eʼlon qilindi

01:00 12 Dekabr 2018 Jamiyat
632 0

Arxiv foto

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 noyabrda “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Axborot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, fuqarolarimizning Yangi yil bayramini munosib kutib olish va dam olish kunlarida yurtimizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilib, maroqli hordiq chiqarishlariga imkoniyat yaratish maqsadida qabul qilingan mazkur Farmonning ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan2018 yil 30 dekabrdan 2019 yil 3 yanvargacha mahalliy va tezyurar “Afrosiyob” poyezdlari chiptalariga chegirmalar joriy qilindi:

- Pensionerlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgani uchun (maʼlumotnoma, guvohnoma taqdim etilgan holda)– 50%;

-Oliy oʻquv yurti talabalariga (guvohnoma taqdim etilgan holda) – 50%;

-Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi - eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari, 18 yoshga toʻlmagan farzand ota yoki onasi bilan birga boʻlganda) nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda– 30%;

- Jamoa boʻlib sayohatga chiqqan korxona va tashkilotlar xodimlari (4 kishi va undan ortiq buyurtma)ga, maktab, kollej, va litsey oʻquvchilariga – 20%.

Bayram oldi va bayram kunlari imkoniyati cheklangan shaxslar va jamoa boʻlib sayohatga chiqqan korxona va tashkilotlar xodimlari uchun alohida chiptaxona faoliyat koʻrsatadi.

Taqdim etilgan chegirmalar haqida maʼlumot olish uchun quyidagi telefon raqamlariga soat 08:00 dan 20:00 gacha qoʻngʻiroq qilib murojaat qilishingiz mumkin:

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?