Anvar qori Tursunov bugun tongda vafot etdi

08:54 13 Iyun 2018 Jamiyat
919 0
Arxiv foto

Anvar qori Tursunov bugun, 13 iyun kuni tongda vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati “Xalq so‘zi Online”ga ma’lum qildi.

Anvar qori 5 aprel kuni mikroinsultni boshdan kechirib, operatsiya qilinganidan beri shifoxonada qolayotgan edi. 5 may kuni uning komadan chiqqani aytildi, biroq keyinchalik ahvoli baribir og‘irligi ma’lum qilingan edi.

Anvar qori Tursunov 1981 yil Toshkent davlat universiteti (O‘zMU)ning filologiya fakultetini, 2001 yil Toshkent islom institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1981—1984 yillarda “Yoshlik” jurnalida muharrir vazifasida boshlagan.

So‘ngra Fanlar akademiyasi ilmiy xodimi, Abdulla Qahhor uy-muzeyi ilmiy xodimi, Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi tarjima va adabiy aloqalar markazi Sharq adabiyoti bo‘yicha katta muharrir lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Diniy sohadagi faoliyatini 1994—1999 yillarda Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi “Yangiobod” masjidi imom-xatibi sifatida boshlagan. 1999 yildan Toshkent shahar bosh imom-xatibi va “Xoja Ahror Valiy” masjidi imom-xatibi bo‘lib ishlagan. 2015 yildan “Minor” masjidi bosh imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?