Qoraqalpogʻistonlik polvon qizlar sovrindor boʻldi

10:11 19 Iyun 2019 Sport
245 0

Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk shahrida V.N.Gulidov xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha xalqaro turnirda qoraqalpogʻistonlik ikki polvon qiz Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida sovrindorlar safidan joy egalladi.

Xususan, Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Gulnur Murodboyeva 48 kilogramm vaznda uch nafar rossiyalik, bir qozogʻistonlik polvon qizlarni magʻlubiyatga uchratib, birinchi oʻrinni egalladi.

Nukus sport kolleji oʻquvchisi Nilufar Yermagʻambetova esa 57 kilogramm vazn toifasida uchinchi oʻringa munosib topildi.

Ular murabbiylari Bayram Satullayev va Alisher Mamutov rahbarligida mashgʻulot olib borishmoqda.

Hidoyat AHMEDOV.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?