Yongʻinni tez bartaraf etishga koʻmaklashuvchi qurilma Qoraqalpogʻistonda kashf qilindi

17:41 18 Iyul 2019 Jamiyat
352 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi boʻlim muhandisi, kapitan Mahmud Jumaniyozov yoʻlga qoʻygan yangilik yongʻinlarni tez bartaraf etishda qoʻl kelmoqda. Gap shundaki, u uy tomlari tunukalarini tez va qisqa fursatda ochish imkonini beruvchi moʻjaz qurilma yaratishga muvaffaq boʻldi.

-Hozir turar joy binolari tomini har xil rangdagi zamonaviy tunukali qoplama bilan yopish va ularni buramali vintlar bilan qotirish rusum boʻlgan, - deydi M.Jumaniyazov. - Mabodo, ana shunday uylarda yongʻin sodir boʻlsa, qoplamalarni ochishga, natijada yongʻinni boʻysundirishga ancha vaqt ketadi. Biz oʻylab topgan drel qurilmasi esa siqilgan havo yordamida ishlatiladi. U bilan tunukalar tez va beshikast ochiladi. Eʼtiborlisi, shikast yetkazilmay ochilgan tunukalarni yana qaytadan foydalanish mumkin.

Ayni paytda qurilma amalda qoʻllanilmoqda.

Hidoyat AHMEDOV.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?