Qoraqalpogʻistonda yangi harbiy qism tashkil etildi

16:34 08 Aprel 2020 Jamiyat
247 0

Nukusda yangi harbiy qism tashkil etildi, deb xabar qilmoqda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati.

Harbiy qismning tantanali ochilish marosimida harbiy okrug masʼul ofitserlari va harbiy qism shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

“Toʻliq yangidan qurib foydalanishga topshirilgan harbiy qism bino va inshootlari eng zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan. Qulay va shinam mashgʻulot xonalariga ega. Barcha sharoitlar badastir. Oʻylaymizki, ushbu qulayliklar yurt himoyachilariga manzur boʻladi“, — deyiladi xabarda.

Soʻzga chiqqanlar ushbu harbiy qism harbiy xizmatchilari oʻz zimmalaridagi sharafli vazifani masʼuliyat bilan ado etib, doim oldingi saflarda boʻlishiga tilak bildirishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?