Qoraqalpogʻistonda oʻtov koʻrinishidagi bekat paydo boʻldi

12:41 11 Sentyabr 2018 Jamiyat
112 0
Foto: Qonlikoʻl tumani hokimligi

Qonlikoʻl tumanidagi “Beskupir” ovul fuqarolar yigʻinida qora uy (oʻtov) loyihasidagi bekat qurildi. Bu haqda tuman hokimligi “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.

Ushbu bekat qoraqalpoq xalqining milliy naqshlari bilan bezatilgan boʻlib, mahalliy aholining avtotransportlarni kutishi va dam olishi uchun oʻrindiqlar qurilib, qulayliklar yaratilgan.

Avvalroq tumandagi “Bostan” ovul fuqarolar yigʻinida oʻzgacha uslubdagi “Soyabon bekat” qurilgani xabar qilingandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?