Qoraqalpogʻistonda muhofaza etiladigan 5 ta tabiiy hudud yaratiladi

15:40 25 Mart 2019 Iqtisodiyot
420 0

Illyustrativ foto

Joriy yil 20 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Telegramm” ijtimoiy tarmogʻidagi “Huquqiy axborot” rasmiy kanalida xabar qilindi.

Qarorga muvofiq, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tasarrufida boʻlgan Chotqol biosferasi, Zomin, Surxon, Nurota va Qizilqum davlat qoʻriqxonalari, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati hamda Davlat qoʻriqxonalari, milliy bogʻlar va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasi Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimiga oʻtkazildi.

2019 — 2022 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida quyidagi 5 ta muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etiladi:

  • “Janubiy Ustyurt” davlat qoʻriqxonasi;
  • “Beltov”, “Oqpetki” va “Oqdaryo — Qozoqdaryo ikki daryo oraligʻi” davlat buyurtma qoʻriqxonalari;
  • “Sudochye” davlat buyurtma qoʻriqxonasi negizida “Sudochye koʻllar tizimi” davlat buyurtma qoʻriqxonasi.

Shuningdek, Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bosh boshqarmasi tashkil etiladi.

Qaror bilan, 2019 — 2022 yillarda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?